Savol-javob
Javob topolmadingizmi? Qo'ng'iroq qiling: +998 99 845-44-00
›Buyurtmam qachon keladi?
Toshkent bo'ylab kuryer 1-2 kunda, viloyatlarga pochta/BTS 2-5 kunda yetkazadi. Holatni istalgan payt Buyurtmani kuzatish sahifasida ko'rishingiz mumkin - kod va telefon raqamingiz kifoya.
›Qanday to'lasam bo'ladi?
Filialdan olib ketishda yoki Toshkent kuryerida - qabul qilganda naqd yoki karta orqali. Onlayn to'lov (Click, Payme) tez orada ishga tushadi.
›Bugunoq olib ketsam bo'ladimi?
Ha - saytdan buyurtma berib, "Olib ketish"ni tanlang va o'zingizga qulay filialga keling: Chorsu (08:00-21:00) yoki Seoul Mun (10:00-00:00). Manzillar Filiallar sahifasida.
›Kitob nuqsonli chiqsa nima qilaman?
Nashr nuqsoni bo'lsa (sahifa yetishmasa, muqova shikastlangan bo'lsa) 10 kun ichida almashtirib beramiz yoki pulini to'liq qaytaramiz. @qamar_delivery ga yozing yoki +998 99 845-44-00 ga qo'ng'iroq qiling.
›Keshbek qanday ishlaydi?
Doimiy mijozlar kartasi bo'yicha har xariddan keshbek yig'iladi va keyingi xaridlarda ishlatiladi. Kartangiz telefon raqamingizga bog'langan - saytdan buyurtma berganingizda ham avtomatik hisobga olinadi.
›Qidirgan kitobim saytda yo'q. Topib bera olasizmi?
Katalogga har hafta yangi kitoblar qo'shiladi. Izlaganingiz topilmasa @qamar_delivery ga yozing - bo'lsa yetkazamiz, bo'lmasa kelganda xabar beramiz.
›Viloyatga yetkazish qancha turadi?
Pochta/BTS orqali 15 000 so'mdan boshlanadi, aniq narxni operator buyurtmani tasdiqlashda aytadi. Express (Yandex Delivery) narxi masofaga qarab hisoblanadi.
