Ommaviy oferta
1. Umumiy qoidalar
Ushbu ommaviy oferta (keyingi o'rinlarda - Oferta) "QAMAR-ATTOR" MCHJ (STIR 308241533, keyingi o'rinlarda - Sotuvchi) tomonidan qamar.uz sayti orqali tovarlarni masofadan sotish shartlarini belgilaydi.
Saytda buyurtma berish Ofertaning barcha shartlarini so'zsiz qabul qilish (aksept) hisoblanadi.
2. Buyurtma va narxlar
Tovar narxlari saytda o'zbek so'mida ko'rsatiladi va buyurtma rasmiylashtirilgan paytdagi narx amal qiladi.
Buyurtma qabul qilingach, mijozga buyurtma kodi (masalan, Q-1042) beriladi. Holatni saytdagi "Buyurtmani kuzatish" sahifasida ko'rish mumkin.
Omborda tovar tugab qolgan istisno hollarda Sotuvchi mijoz bilan bog'lanib, almashtirish yoki to'lovni to'liq qaytarishni taklif qiladi.
3. To'lov
To'lov usullari: tovarni qabul qilganda naqd yoki karta orqali, shuningdek onlayn (Click, Payme) - tanlov buyurtma rasmiylashtirishda ko'rsatiladi.
Onlayn to'lovlar litsenziyalangan to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi; Sotuvchi karta ma'lumotlarini saqlamaydi.
4. Yetkazib berish
Yetkazib berish usullari va muddatlari: filialdan olib ketish (bepul), Toshkent bo'ylab kuryer (1-2 kun), viloyatlarga pochta/BTS (2-5 kun, 15 000 so'mdan), Yandex Delivery express. Batafsil: saytdagi "Yetkazib berish" sahifasi.
Kuryer/pochta xizmati narxi buyurtma tasdiqlashda operator tomonidan aniqlashtiriladi.
5. Qaytarish va almashtirish
Nashr nuqsoni aniqlangan kitob (sahifalari yetishmasa, muqovasi shikastlangan bo'lsa) 10 kun ichida almashtirib beriladi yoki puli to'liq qaytariladi.
Yetkazishda shikastlangan tovar uchun javobgarlik Sotuvchi zimmasida - bepul almashtiriladi.
Qaytarish uchun @qamar_delivery ga yozing yoki +998 99 845-44-00 raqamiga qo'ng'iroq qiling.
6. Tomonlarning javobgarligi
Tomonlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo'ladi. Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishilmasa qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
7. Rekvizitlar
"QAMAR-ATTOR" MCHJ · STIR 308241533 · Toshkent sh.
Aloqa: +998 99 845-44-00 · Telegram: @qamar_delivery · qamar.uz
