Kompaniya haqida
Avval o'zingizdan boshlang - shiorimiz ham, yo'limiz ham shu.
Qamar 2018-yil oktabrida Toshkentning Olmazor tumanida, avtobus bekati yonidagi kichkina do'kondan boshlangan. Bugun Chorsu va Seoul Mun filiallarimiz, o'z yetkazib berish xizmatimiz va 2 800 dan ortiq kitoblik onlayn katalogimiz kitobxonlarga xizmat qiladi. Bularning ortida 90 dan ortiq kishilik jamoa turibdi.
Qanday boshlanganmiz
Nomimizda ham ma'no bor. «Qamar» oy degani, 2018-yilgi ilk belgimizda oy bilan Q harfi bitta shaklga jamlangan edi. 2021-yilda brend to'liq yangilandi. Sochilgan harflardan iborat qora-oq aydentika o'sha rebrendingdan, «Avval o'zingizdan boshlang» shiori ham o'shandan beri o'zgarmagan.
Bugungi Qamar
Bizningcha, har bir kitob insonning o'zi ustida ishlashi uchun imkoniyat. Shu sababli assortimentni jamoamiz o'zi tanlaydi. Javonlarimizda badiiy adabiyot, bolalar kitoblari, biznes va shaxsiy rivojlanish asarlari bor va har kim o'ziga mosini topadi.
Xaridorlar bahosi biz uchun eng muhim ko'rsatkich. Google xaritalarida do'konlarimiz 1 000 dan ortiq baho asosida 4,9 ball olgan. Instagramdagi sahifamizni 270 mingdan ortiq kitobsevar kuzatib boradi, Telegram kanalimizda esa salkam 46 ming obunachi bor. Katalog har hafta yangi kitoblar bilan to'ldirib boriladi.
Qamar bugun shunchaki kitob sotadigan do'kon emas: distribyutor sifatida boshqa do'konlarga ham ulgurji kitob yetkazib beramiz.
«Men kitob do'konim bo'lishini orzu qilardim. Qamar - ushalgan orzu.»
Jamoliddin Muhammadjon, asoschi
Qamar raqamlarda
2018
Ilk do'kon ochilgan yil
2 800+
Kitob katalogimizda
4,9
Baho Google xaritalarida
270 000+
Obunachi Instagramda
Filiallarimiz suratlarda








Kitobxonlar nima deydi
«Kitob sifatli, narxi ham qolgan joylarga nisbatan hamyonbob har doimgidek. Qamar books ga rahmat, 6 yillik xaridor bo'b shuni ayta olamanki...»
«Kitob tez vaqtda, sifatli va chiroyli qadoqlangan holda keldi».
«Отличное, вайбовое место, с приятной атмосферой и манящим ароматом книг».
Qadriyatlarimiz
Kitobxonga hurmat
Har bir mijozga o'z kutubxonamizga kelgan mehmondek qaraymiz: maslahat beramiz, izlaganini topib beramiz, shoshirmaymiz.
Sara tanlov
Katalogdagi 2 800 dan ortiq kitobni jamoamiz sinchiklab tanlagan. Har biri o'qishga arziydigan asar.
Qulaylik
Bugunoq filialdan olib keting yoki buyurtma bering: Toshkent bo'ylab 1-2 kunda, viloyatlarga 1-5 kunda yetkazamiz.
Hamkor nashriyotlar
Katalogni 200 dan ortiq nashriyot kitoblari tashkil qiladi. Eng kattalari:
- Hilolnashr
- Yangi asr avlodi
- Munir
- Yoshlar matbuoti
- Akademnashr
- Oltin qalam
- Matbaachi
- Misbah
- Nasim Kutub
- Asaxiy books
- O'zbekiston
- Pingvin books
Bizni yaqindan bilib oling
Filiallarga tashrif buyuring yoki ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
