Asosiy kontentga o'tish
Bugunoq olib keting yoki 1-2 kunda yetkazamiz

Maxfiylik siyosati

Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Buyurtma rasmiylashtirishda: ism, telefon raqami, yetkazib berish manzili (kuryer/pochta tanlanganda) va izoh.

Telegram Mini App orqali kirilganda: Telegram foydalanuvchi identifikatori - buyurtma holati haqida xabar yuborish uchun.

Sayt statistikasi uchun cookie'siz, anonim analitika (Umami) ishlatiladi - u shaxsni identifikatsiya qilmaydi va ma'lumotlar o'z serverimizda saqlanadi.

Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi

Faqat buyurtmani qabul qilish, yetkazib berish, mijoz bilan bog'lanish va doimiy mijozlar keshbek dasturini yuritish uchun.

Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi. Yetkazib berish uchun zarur hajmdagina kuryer/pochta xizmatiga beriladi.

To'lov ma'lumotlari

Onlayn to'lovlar Click va Payme litsenziyalangan tizimlari orqali o'tadi. Karta raqamlari saytda kiritilmaydi va saqlanmaydi.

Saqlash va himoya

Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, ularga faqat vakolatli xodimlar kira oladi. Sayt HTTPS shifrlash bilan ishlaydi.

Instagram orqali yozishmalar

@qamarbooks Instagram sahifamizga yozganingizda xabaringiz, Instagram ismingiz, foydalanuvchi nomingiz va profil rasmingiz mijozlarga xizmat ko'rsatish tizimimizga (Bitrix24) tushadi. Bu ma'lumotlar faqat savolingizga javob berish va buyurtmani rasmiylashtirish uchun ishlatiladi.

Operator yuborgan rasm va fayllar Instagram'ga yetkazish uchun serverimizda vaqtincha saqlanadi.

Huquqlaringiz va ma'lumotlarni o'chirish

O'z ma'lumotlaringizni aniqlashtirish yoki o'chirishni so'rash uchun +998 99 845-44-00 raqamiga, @qamar_delivery ga yoki @qamarbooks Instagram sahifasiga "Ma'lumotlarimni o'chiring" deb yozing. So'rov 30 kun ichida bajariladi va natijasi sizga xabar qilinadi.

Data deletion instructions (Instagram / Facebook)

If you contacted Qamar through Instagram (@qamarbooks) or Facebook, we store your messages, Instagram name, username and profile picture only to answer your request. To delete this data, send "Delete my data" to @qamarbooks on Instagram, message @qamar_delivery on Telegram, or call +998 99 845-44-00. We delete your conversation history and profile data within 30 days and confirm by reply.