
Yolvoraman xiyonat qilma
Omina Shenliko'g'li
35 000 so'm
Kam qoldi - 1 dona
- Muqova
- Yumshoq
- Sahifa
- 320 bet
- Nashriyot
- Misbah
- 🏬 Bugun olib ketish: Chorsu (08:00-21:00) yoki Seoul Mun (10:00-00:00)
- 🚚 Toshkent bo'ylab kuryer: 1-2 kun
- 📦 Viloyatlarga pochta (BTS, EMU, Uzpost): 1-5 kun, 15 000 so'mdan
Kitob haqida
Mehribon va rahmli Alloh nomi ila.
Hurmatli opa-singillarim, aka-ukalarim! Qo‘lingizdagi ushbu roman Chanoqqala qamoqxonasida dunyoga kelgan. Asarni yozishni o‘sha yerda boshladim va Istanbulda tamomladim.
Yozuvchi degani zehniy horg‘inlikdan xoli bo‘lgan holda qalamini qo‘lga olishi va yozayotgan asari tugaguncha odamlardan biroz uzoq turishi zarur. Ana shunda ijodining foydasi, samarasi ko‘proq bo‘ladi. Bu, ayniqsa, roman yozuvchilar uchun zarur shartdir. Shovqin-suronsiz, sokin bir makon, faqatgina maslagi bilan ovora bir yurak kerak. Afsuski, zamonamizning g‘alvali buhronlarining dastidan bunday imkoniyatni topa olmadim. Men ojiza opangiz mana shu shartlar ostida qo‘lingizdagi «Yolvoraman, xiyonat qilma!» nomli kitobimni yozdim. Sizdan iltimosim shuki, agar bu asarimni ham boshqa kitoblarim kabi yoqtirib qolsangiz, atrofingizdagilarga tarqating. Unda boshqa asarlarimdagi kabi ko‘z yoshi yo‘q, ammo aqlning, tafakkurning nigohi bor.
Yana bir iltimos: kitobni o‘qib tugatganingizdan keyin islomiy mavzuda qalam tebratadigan barcha ijodkorlar uchun "Alloh rozi bo‘lsin" deb quysangiz. Ajabmaski, biz ham o‘sha karvonga qo‘shilib qolsak... Balki sizning xolis duoingiz va niyatlaringiz sababidan qalamning uchidan islom birodarligi tomchilar va bir-birimizdan ayro qolmasmiz.
Yo Parvardigor! Bizga O‘zing yordam ber!
Bizga yordam bermasang, dushmanimiz qolib, bir-birimizni bo‘g‘ishga, bir-birimizga zulm qilishga mahkum bo‘lamiz!Sening roziliging uchun va faqatgina Senga qul bo‘lganim uchun yozdim.
Yo Robbim! Guvoh bo‘l! Menga sening guvohliging yetadi!
Allohga omonat bo‘linglar, muhtaram birodarlarim!
Agar u xohlasa, jannatlarda uchrashish tilagi bilan...
Ko'proq o'qish ▾
Mehribon va rahmli Alloh nomi ila. Hurmatli opa-singillarim, aka-ukalarim! Qo‘lingizdagi ushbu roman Chanoqqala qamoqxonasida dunyoga kelgan. Asarni yozishni o‘sha yerda boshladim va Istanbulda tamomladim. Yozuvchi degani zehniy horg‘inlikdan xoli bo‘lgan holda qalamini qo‘lga olishi va yozayotgan asari tugaguncha odamlardan biroz uzoq turishi zarur. Ana shunda ijodining foydasi, samarasi ko‘proq bo‘ladi. Bu, ayniqsa, roman yozuvchilar uchun zarur shartdir. Shovqin-suronsiz, sokin bir makon, faqatgina maslagi bilan ovora bir yurak kerak. Afsuski, zamonamizning g‘alvali buhronlarining dastidan bunday imkoniyatni topa olmadim. Men ojiza opangiz mana shu shartlar ostida qo‘lingizdagi «Yolvoraman, xiyonat qilma!» nomli kitobimni yozdim. Sizdan iltimosim shuki, agar bu asarimni ham boshqa kitoblarim kabi yoqtirib qolsangiz, atrofingizdagilarga tarqating. Unda boshqa asarlarimdagi kabi ko‘z yoshi yo‘q, ammo aqlning, tafakkurning nigohi bor. Yana bir iltimos: kitobni o‘qib tugatganingizdan keyin islomiy mavzuda qalam tebratadigan barcha ijodkorlar uchun "Alloh rozi bo‘lsin" deb quysangiz. Ajabmaski, biz ham o‘sha karvonga qo‘shilib qolsak... Balki sizning xolis duoingiz va niyatlaringiz sababidan qalamning uchidan islom birodarligi tomchilar va bir-birimizdan ayro qolmasmiz. Yo Parvardigor! Bizga O‘zing yordam ber! Bizga yordam bermasang, dushmanimiz qolib, bir-birimizni bo‘g‘ishga, bir-birimizga zulm qilishga mahkum bo‘lamiz!Sening roziliging uchun va faqatgina Senga qul bo‘lganim uchun yozdim. Yo Robbim! Guvoh bo‘l! Menga sening guvohliging yetadi! Allohga omonat bo‘linglar, muhtaram birodarlarim! Agar u xohlasa, jannatlarda uchrashish tilagi bilan...
Mahsulot tafsilotlari
| Muallif | Omina Shenliko'g'li |
| Nashriyot | Misbah |
| Muqova turi | Yumshoq |
| Sahifalar soni | 320 bet |
| Bo'lim | Jahon adabiyoti |
| ISBN / shtrix-kod | 9789943766723 |
Sharhlar
Bu kitobga hali sharh yo'q - birinchi bo'ling.
Sizga yana yoqishi mumkin
Jahon adabiyoti bo'limidan eng ko'p sotilganlar

%20(1).png&w=1920&q=75)
%20(1).png&w=1920&q=75)
%20(1).png&w=1920&q=75)
%20(1).png&w=1920&q=75)
%20(1).png&w=1920&q=75)
