Urush va tinchlik 1-2-3-4 qismlar
Lev Tolstoy
79 000 so'm
Kam qoldi - 5 dona
- Muqova
- Qattiq
- Sahifa
- 1792 bet
- Nashriyot
- Kamalak
🏆 To'plam kitoblar bo'limida sotuv bo'yicha #19-o'rin
- 🏬 Bugun olib ketish: Chorsu (08:00-21:00) yoki Seoul Mun (10:00-00:00)
- 🚚 Toshkent bo'ylab kuryer: 1-2 kun
- 📦 Viloyatlarga pochta (BTS, EMU, Uzpost): 1-5 kun, 15 000 so'mdan
Kitob haqida
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan «Urush va tinchlik» (1863—69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalarda, yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko‘plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o‘rtalarida epik asarlar davri o‘tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo‘la olmas edi. 1812 yilda Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaqa va sinflarni dushmanga qarshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg‘onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi.
Ko'proq o'qish ▾

Mahsulot tafsilotlari
| Muallif | Lev Tolstoy |
| Nashriyot | Kamalak |
| Muqova turi | Qattiq |
| Sahifalar soni | 1792 bet |
| Bo'lim | To'plam kitoblar |
| ISBN / shtrix-kod | 9789943536784 |
Sharhlar
Bu kitobga hali sharh yo'q - birinchi bo'ling.
Sizga yana yoqishi mumkin
To'plam kitoblar bo'limidan eng ko'p sotilganlar