%20(1).png&w=1920&q=75)
Tom tog'aning kulbasi
Garriet Bicher-Stou
22 000 so'm
Kam qoldi - 4 dona
- Muqova
- Yumshoq
- Sahifa
- 320 bet
- Nashriyot
- Nurafshon business
- 🏬 Bugun olib ketish: Chorsu (08:00-21:00) yoki Seoul Mun (10:00-00:00)
- 🚚 Toshkent bo'ylab kuryer: 1-2 kun
- 📦 Viloyatlarga pochta (BTS, EMU, Uzpost): 1-5 kun, 15 000 so'mdan
Kitob haqida
Garriyet Bicher-Stou (1811-1896) ushbu asarining bosh qahramoni gora tanli Tomning ayanchli taqdiri haqida gapirar ekan, oq tanlilarning habashlarga nisbatan vahshiy haqoratomuz munosabatini kishini lot godiradigan darajada tasvirlab beradi. Qullarning inson sifatidagi qadr-qimmatini toptash, ulardagi shaxsiyat tushunchasini butkul yo‘qotish maqsadida oilalar buziladi, bolalar ota-onasidan tortib olinadi va sotib yuboriladi. Ayollarga esa nasl qoldiruvchi va quldorlarga yana-da ko‘proq foyda keltiruvchi “buyum” sifatida qaraladi.
Adiba o‘z asarida barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘z xalqining eng oliy xislat va fazilatlarini saqlab qolgan bir qator ajoyib qora tanli qullar obra- zini ham yaratgan, Roman qahramoni Tom tog‘a o‘z oilasi bilan quldor Shelbi xonadonida qaram. Tom o‘z xo‘jayiniga halol xizmat qiladi. U g‘oyatda taqvodor hamda itoatgo‘y inson. Habash Jorj Garris esa o‘z xo‘jayinini yomon ko‘radi: uning uchun isteʼdodli ixtirochi uchun qullikda hayot kechirish imkonsiz. Uning xotini Eliza esa o‘z farzandi uchun mardona kurashgan ayol. Kichkinagina, quvonch va kulgudan ko‘zlari yonib turadigan Topsi, alam va iztiroblarga to‘la Kassi bularning barchasi asardagi eng sara qahramonlardir. Ushbu asar qahramonlarida biz insoniylik, vijdon, eʼtiqod, sabr. sadogat, o‘ziga ishonch kabi fazilatlarni ko‘rishimiz mumkin. Shunday fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Tom o‘zi yashayotgan muhitga, atrofida sodir bo‘layotgan razilliklarga qaramasdan, o‘zining insoniyligini saqlab qolish uchun kuch topa oladi.
"Tom tog‘aning kulbasi" asari orqali qora tanli qullarning ayanchli hayoti, kishini larzaga keltiruvchi mudhish taqdiri ilk bor badiiy asarda o‘z aksini topdi. Yozuvchi ushbu romanda qullarning ruhiy ahvoli, ularning yetkazilayotgan jismoniy va maʼnaviy zararni, qullar hamda quldorlar o‘rtasidagi tengsizlikni yorqin dalillar misolida ifodalab bergan.
Ko'proq o'qish ▾
Garriyet Bicher-Stou (1811-1896) ushbu asarining bosh qahramoni gora tanli Tomning ayanchli taqdiri haqida gapirar ekan, oq tanlilarning habashlarga nisbatan vahshiy haqoratomuz munosabatini kishini lot godiradigan darajada tasvirlab beradi. Qullarning inson sifatidagi qadr-qimmatini toptash, ulardagi shaxsiyat tushunchasini butkul yo‘qotish maqsadida oilalar buziladi, bolalar ota-onasidan tortib olinadi va sotib yuboriladi. Ayollarga esa nasl qoldiruvchi va quldorlarga yana-da ko‘proq foyda keltiruvchi “buyum” sifatida qaraladi. Adiba o‘z asarida barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘z xalqining eng oliy xislat va fazilatlarini saqlab qolgan bir qator ajoyib qora tanli qullar obra- zini ham yaratgan, Roman qahramoni Tom tog‘a o‘z oilasi bilan quldor Shelbi xonadonida qaram. Tom o‘z xo‘jayiniga halol xizmat qiladi. U g‘oyatda taqvodor hamda itoatgo‘y inson. Habash Jorj Garris esa o‘z xo‘jayinini yomon ko‘radi: uning uchun isteʼdodli ixtirochi uchun qullikda hayot kechirish imkonsiz. Uning xotini Eliza esa o‘z farzandi uchun mardona kurashgan ayol. Kichkinagina, quvonch va kulgudan ko‘zlari yonib turadigan Topsi, alam va iztiroblarga to‘la Kassi bularning barchasi asardagi eng sara qahramonlardir. Ushbu asar qahramonlarida biz insoniylik, vijdon, eʼtiqod, sabr. sadogat, o‘ziga ishonch kabi fazilatlarni ko‘rishimiz mumkin. Shunday fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Tom o‘zi yashayotgan muhitga, atrofida sodir bo‘layotgan razilliklarga qaramasdan, o‘zining insoniyligini saqlab qolish uchun kuch topa oladi. "Tom tog‘aning kulbasi" asari orqali qora tanli qullarning ayanchli hayoti, kishini larzaga keltiruvchi mudhish taqdiri ilk bor badiiy asarda o‘z aksini topdi. Yozuvchi ushbu romanda qullarning ruhiy ahvoli, ularning yetkazilayotgan jismoniy va maʼnaviy zararni, qullar hamda quldorlar o‘rtasidagi tengsizlikni yorqin dalillar misolida ifodalab bergan.
Mahsulot tafsilotlari
| Muallif | Garriet Bicher-Stou |
| Nashriyot | Nurafshon business |
| Muqova turi | Yumshoq |
| Sahifalar soni | 320 bet |
| Bo'lim | Jahon adabiyoti |
| ISBN / shtrix-kod | 9789943737860 |
Sharhlar
Bu kitobga hali sharh yo'q - birinchi bo'ling.
Sizga yana yoqishi mumkin
Jahon adabiyoti bo'limidan eng ko'p sotilganlar

%20(1).png&w=1920&q=75)
%20(1).png&w=1920&q=75)
%20(1).png&w=1920&q=75)
%20(1).png&w=1920&q=75)

