Asosiy kontentga o'tish
Bugunoq olib keting yoki 1-2 kunda yetkazamiz
Men, bolam va pul muqovasi

Men, bolam va pul

Adhamjon Ahmedov

29 000 so'm

Sotuvda bor

Muqova
Yumshoq
Sahifa
176 bet
Nashriyot
Akademnashr
  • 🏬 Bugun olib ketish: Chorsu (08:00-21:00) yoki Seoul Mun (10:00-00:00)
  • 🚚 Toshkent bo'ylab kuryer: 1-2 kun
  • 📦 Viloyatlarga pochta (BTS, EMU, Uzpost): 1-5 kun, 15 000 so'mdan

Kitob haqida

Xalq orasida hammamizga maʼlum bo‘lgan bir ibora bor: «Bola-da, esdan chiqarvoradi ...» Bola kattalar tomonidan qanchalik xafa qilinsa ham, ertasiga hech narsa bo‘lmagandek yana o‘sha kattalar atrofida parvona bo‘laveradi. Bolalardagi bu holat biz kattalarni aldab qo‘yadi, negaki biz ularni kechagi voqealarni unutib yuboribdi, deb o‘ylaymiz. Aslida unday emas. Bolaning aqli unutsa ham, his-tuyg‘ulari hech narsani unutmaydi. Zero, insonning bolaligi aql bilan o‘rganish emas, balki his-tuyg‘ular bilan shaxsiyatini shakllantirish davridir. Misol uchun, qorong‘idan qo‘rqish aql bilan bog‘liq emas, uni ruhiyatning jarohatlanishi desak ham bo‘ladi .... Yoki tirnoq tishlashni aql bilan izohlab bo‘lmaydi, bu holat ruhiy zaiflikning tashqi ko‘rinishi hisoblanadi. Boshqacharoq misol keltirsam, jahli chiqqan bolani aqliy nasihatlar bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Chunki uning ichki dunyosida ro‘y berayotgan jarayonlar katta kuch bilan vulqondek tashqariga otilayotgan bo‘ladi. Shu va yana boshqa barcha ijobiy-salbiy his-tuyg‘ular bolalik chog‘lardanoq shakllanib boradi. Bola erkalatilsa, erkatoy bo‘ladi, hadeb ayblanaversa, o‘zini aybdor deb biladi yoki u qadrlanmasa, qadrsizlik tuyg‘usi bilan ulg‘ayadi. Eʼtibor berilgan, qadrlangan bola esa aziz va qadrli bo‘ladi. Bolaga baho berish unga ehson emas,balki inson sifatida uning eng tabiiy haqqi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytsak, kelajak «Ha, endi, bola-da» deb beeʼtibor bo‘lmagan ota-ona va tarbiyachilar bilan bunyod bo‘ladi.

Ko'proq o'qish ▾

Mahsulot tafsilotlari

MuallifAdhamjon Ahmedov
NashriyotAkademnashr
Muqova turiYumshoq
Sahifalar soni176 bet
Bo'limBadiiy bo'lmagan
ISBN / shtrix-kod9789943851733

Sharhlar

Bu kitobga hali sharh yo'q - birinchi bo'ling.

Sizga yana yoqishi mumkin

Badiiy bo'lmagan bo'limidan eng ko'p sotilganlar

Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni muqovasi
Pul psixologiyasi (Morgan Hauzel) muqovasi
Pul psixologiyasi (Morgan Hauzel)

Morgan Hauzel

65 000 so'm

Qalbga taskin bitiklar muqovasi
Qalbga taskin bitiklar

Zulfiqor Odil

39 000 so'm

O'qing, ey ayollar muqovasi
O'qing, ey ayollar

Nadiya Ramazon

39 000 so'm

Yosh qizga nasixat muqovasi
Yosh qizga nasixat

44 000 so'm

Mashhurlarning so'nggi damlari muqovasi
Mashhurlarning so'nggi damlari

Burxan Bozgeyik

50 000 so'm