Asosiy kontentga o'tish
Bugunoq olib keting yoki 1-2 kunda yetkazamiz
Halol ochiq oydindir - Harom ochiq oydindir muqovasi

Halol ochiq oydindir - Harom ochiq oydindir

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

25 000 so'm

Sotuvda bor

Muqova
Yumshoq
Sahifa
168 bet
Nashriyot
Hilol nashr
  • 🏬 Bugun olib ketish: Chorsu (08:00-21:00) yoki Seoul Mun (10:00-00:00)
  • 🚚 Toshkent bo'ylab kuryer: 1-2 kun
  • 📦 Viloyatlarga pochta (BTS, EMU, Uzpost): 1-5 kun, 15 000 so'mdan

Kitob haqida

Bandalariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Islomning ikkinchi masdari qilib bergan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin! Ummatlariga hadis nimaligini batafsil tushuntirib, undagi ta’limotlar qanday amalga oshirilishini ko‘rsatib bergan mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin! Dindoshlariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o‘rgatib, ularga amal qilishni osonlashtirib bergan muhaddislarimizga Alloh taoloning cheksiz rahmati bo‘lsin! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan ruhiy tarbiya yo‘llarini topib, ularni mo‘min bandalar hayotiga tatbiq qilishni yo‘lga qo‘ygan mashoyixlarimizga Alloh taoloning mag‘firati bo‘lsin! Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan fiqhiy qoidalar chiqarib, mazkur qoidalar orqali ko‘plab masalalarni yechgan, musulmon bandalarga amal eshigini ochib bergan faqihlarimizni Alloh taolo O‘z rahmatiga olgan bo‘lsin! Ammo ba’du: «Islomning madori bo‘lgan hadislar» degan umumiy nomdagi silsilamizning birinchi qismida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» degan hadislari xususida ojizona so‘z yuritdik. Endi mazkur silsilaning ikkinchi qismida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, halol ochiq-oydindir» degan hadisi shariflari haqida yana ojizona bahs qilish niyatidamiz. Bu ishni Alloh taoloning O‘zi bizga oson va ravon, fayz-barakotli hamda unumli va xayrli qilsin! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

Ko'proq o'qish ▾

Mahsulot tafsilotlari

MuallifShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
NashriyotHilol nashr
Muqova turiYumshoq
Sahifalar soni168 bet
Bo'limDiniy-ma'rifiy adabiyot
ISBN / shtrix-kod9789910556661

Sharhlar

Bu kitobga hali sharh yo'q - birinchi bo'ling.

Sizga yana yoqishi mumkin

Diniy-ma'rifiy adabiyot bo'limidan eng ko'p sotilganlar

Nafs tarbiyasi (Yangi asr) muqovasi
Nafs tarbiyasi (Yangi asr)

Hakim Termiziy

30 000 so'm

Solihalar gulshani muqovasi
Solihalar gulshani

Nadiya Ramazon, G'iyosiddin Yusuf

40 000 so'm

Alloh bilan ko'ngil suhbati - Namoz muqovasi
Alloh bilan ko'ngil suhbati - Namoz

Mehmet Yildiz

65 000 so'm

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat haqida 101 qissa muqovasi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat haqida 101 qissa

Muhammad Siddiq Minshaviy Suhajiy

20 000 so'mKam qoldi

Rasululloh (s.a.v) ning hayotlaridan 101 qissa muqovasi
Rasululloh (s.a.v) ning hayotlaridan 101 qissa

Muhammad Siddiq Minshaviy Suhajiy

20 000 so'mKam qoldi

Mukoshafatul qulub muqovasi
Mukoshafatul qulub

Imom Abu Homid G'azzoliy

93 000 so'm