Al-Fiqh ul-akbar kitobi sharhi

Kategoriya: Diniy-ma'rifiy adabiyot
Muallif: Mulla Ali ibn sulton Mohammad qori
75,000 som
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Al-Fiqh ul-akbar kitobi sharhi

Al-Fiqh ul-akbar kitobi sharhi

75,000 som

Batafsil

Mazhabboshimiz Imom Abu Hanifaning e’tiqodiy mavzuga oid bo‘lgan “Al-fiqh ul-akbar” kitoblariga yozilgan ushbu sharh sodda va ravon uslub qo‘llangani bilan ahamiyatlidir. Tarjimonlar sodda uslubni saqlagan holda, hadislarning manbalarini topib ko‘rsatishga e’tibor berganlar.

Batafsil

Al-Fiqh ul-akbar kitobi sharhi

Kitob nima haqida?

Ushbu kitob mazhabboshimiz Imom Aʼzam hazratlarining mashhur “Al-Fiqh ul-akbar” kitobiga yozilgan sodda va ravon sharhdir. Shu bilan birga, Ahli sunna val jamoa eʼtiqodi asoslarini oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun ishonchli manbadir. Kitob dinni shaxsiy manfaatlari, nafslari yoʻlida qoʻllamoqchi boʻlganlarga, tafriqachilarga, yoʻldan adashganlarga va oʻzini bilmaganlarga haddini bildirish borasida qoʻl keladi. Tarjimada sodda til va uslub qoʻllangan boʻlib, jumladan, hadis va manbalari topib koʻrsatilgan.

Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:

• Tavhidning boshqa ilmlardan afzalligi nimada?
• Paygʻambarlar qanday moʻjizalarga ega boʻlishgan?
• Bandalarga foydali boʻlgan narsalar nima?
• Savobni nima yoʻq qiladi?
• Kichik gunohlar uchun ham azob muqarrarmi?

Bu kitobdan quyidagilar haqida bilib olasiz:

• Alloh taoloning farishtalariga iymon;
• Alloh taoloning zotiy va feʼliy sifatlari;
• Alloh taoloning iroda sifati;
• qazo va qadar;
• fitriy imon;
• moʻminlarning jannatda Alloh taoloni koʻrishi;
• qabrda savol-javob boʻlishi haqdir;
• dajjol, Yaʼjuj-Maʼjuj chiqishi va Iso alayhissalomning tushishlari;
• farishtalarning insonlardan afzalligi;
• mujtahidlarning afzalligi;
• ayollarning afzalligi;
• dunyoda Alloh taoloni koʻrish haqida;
• tiriklarning oʻlganlar haqiga qilgan duolari;
• kofirlarning duolari;
• shaytonlarning vasvasalari;
• sehr va koʻz tegishi;
• qibla ahlining kofir deyilmaslik bayoni va boshqalar.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Muqova:
Qattiq
Sahifalar soni:
278
Hajmi:
17*24

To'plamlar

Hadis kitoblar to‘plami

Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami

alternat

Yoz uchun iforlar to‘plami

Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami

alternat

Turk adabiyoti to‘plami

Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami

alternat