Подробнее
Nurali Qobulning „Oyqor“ nomli birinchi qissa va hikoyalar toʻplami 1978-yilda nashr etildi. Shundan soʻng, uning „Salom, togʻlar“ (1979), „Tubsiz osmon“, „Yashash uchun kechikma“, „Kaptarlar qaytmagan kun“, „Unutilgan sohillar“ (1988), „Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar“, „Yetti iqlim xoqoni yoxud ahd va taxt“ kabi roman, qissa va hikoyalar kitoblari, „Odam, Oyqor togʻ va daydi shamol“ nomli sheʼriy ertagi, „Vatandan yaxshi yor boʻlmas“ nomli publitsistik maqolalar toʻplami dunyoga keldi. Yozuvchi hamda shoirlik istʼedodlaridan foydalangan ijodkor 7 kitobdan iborat tarixiy-siyosiy mavzuga doir roman-pamflyot ham yaratgan.
Дополнительная информация
- Издательство
- Adabiyot uchqunlari
- Вес
- 0.242 кг
- Тип обложки
- Yumshoq
- Размер
- 20x13x1 см
- Страниц
- 320 bet