Tafsilot
Zaif hadis va unga bog‘liq savollarga javob topishni istagan, mustalahul hadis fani va boshqa sharʼiy fanlar bilan tanish bo‘lgan tolibi ilmlar bu kitobdan shayximiz, ustozimiz, alloma Muhammad Avvomadan mazkur savollariga qoniqarli va dalillar bilan asoslangan javoblarni oladilar.Taʼkidlab aytamizki, bu kitob tolibi ilmlarga mo‘ljallangan bo‘lib, mustalahul hadis, usulul fiqh va boshqa sharʼiy fanlar bilan tanish bo‘lmaganlar undagi maʼlumotlarni tushunishda biroz mushkullik sezishlari mumkin.Kitobdagi baʼzi o‘rinlarda muallif ishlatgan istilohlarga taʼrif va izohlar berildi va bu izohlar bizdan ekanini bildirish uchun oxiriga qavs ichida “N” harfi yozib qo‘yildi. Bu belgidan xoli bo‘lgan taʼliqdagi barcha gaplar muallifnikidir.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Og‘irligi
- 0.0 kg
- O'lchamlari