Tom tog'aning kulbasi

Tom tog'aning kulbasi

Kategoriya: Jahon adabiyoti
Og‘irligi: 0.0 kg
24,000 so‘m
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Tom tog'aning kulbasi

Tom tog'aning kulbasi

24,000 so‘m

Tafsilot

Garriyet Bicher-Stou (1811-1896) ushbu asarining bosh qahramoni gora tanli Tomning ayanchli taqdiri haqida gapirar ekan, oq tanlilarning habashlarga nisbatan vahshiy haqoratomuz munosabatini kishini lot godiradigan darajada tasvirlab beradi. Qullarning inson sifatidagi qadr-qimmatini toptash, ulardagi shaxsiyat tushunchasini butkul yo‘qotish maqsadida oilalar buziladi, bolalar ota-onasidan tortib olinadi va sotib yuboriladi. Ayollarga esa nasl qoldiruvchi va quldorlarga yana-da ko‘proq foyda keltiruvchi “buyum” sifatida qaraladi.Adiba o‘z asarida barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘z xalqining eng oliy xislat va fazilatlarini saqlab qolgan bir qator ajoyib qora tanli qullar obra- zini ham yaratgan, Roman qahramoni Tom tog‘a o‘z oilasi bilan quldor Shelbi xonadonida qaram. Tom o‘z xo‘jayiniga halol xizmat qiladi. U g‘oyatda taqvodor hamda itoatgo‘y inson. Habash Jorj Garris esa o‘z xo‘jayinini yomon ko‘radi: uning uchun isteʼdodli ixtirochi uchun qullikda hayot kechirish imkonsiz. Uning xotini Eliza esa o‘z farzandi uchun mardona kurashgan ayol. Kichkinagina, quvonch va kulgudan ko‘zlari yonib turadigan Topsi, alam va iztiroblarga to‘la Kassi bularning barchasi asardagi eng sara qahramonlardir. Ushbu asar qahramonlarida biz insoniylik, vijdon, eʼtiqod, sabr. sadogat, o‘ziga ishonch kabi fazilatlarni ko‘rishimiz mumkin. Shunday fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Tom o‘zi yashayotgan muhitga, atrofida sodir bo‘layotgan razilliklarga qaramasdan, o‘zining insoniyligini saqlab qolish uchun kuch topa oladi."Tom tog‘aning kulbasi" asari orqali qora tanli qullarning ayanchli hayoti, kishini larzaga keltiruvchi mudhish taqdiri ilk bor badiiy asarda o‘z aksini topdi. Yozuvchi ushbu romanda qullarning ruhiy ahvoli, ularning yetkazilayotgan jismoniy va maʼnaviy zararni, qullar hamda quldorlar o‘rtasidagi tengsizlikni yorqin dalillar misolida ifodalab bergan.

Qo‘shimcha ma’lumot

Og‘irligi
0.0 kg
O'lchamlari

Qamar do'konlarining manzillari

Shayxontohur tumani, 42A Navoiy shoh ko'chasi. Chorsudagi sobiq GUM ro'parasida.

MARSHRUT CHIZISH
×