Batafsil
"Sodiq sahobalar" qissasi - Hazrati Umar - Hazrati Usmon - Hazrati Ali - Hazrati Abu Bakr Ushbu to'rt sahoba boshqalariga nisbatan yoshroq bo'lishgan va ilm-ma'rifatli bo'lganlari bois ko'p yillar davomida odamlar ular huzuriga kelib, turli savol va fatvolar so'rab turishgan. Bu kitobda ularning pand-nasihatlari, hayot yo'llari va yuksak odobi haqida so'z boradi.
Batafsil
Sodiq sahobalar qissasi
Kitob nima haqida?
Toʻrt buyuk sahobalar Paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam hayotliklarida chin ixlos, muhabbat bilan U zotning yonlarida boʻlgan, vafotlaridan soʻng ham ezgulik va yaxshilik yoʻlida goʻyo musobaqalashganlar. Muhammad Kamol qalamiga mansub ushbu kitob ana shu toʻrt buyuk sodiq sahobalarning ibratli hayot yoʻli, yuksak odob-axloqi va pand-nasihatlari haqida tarixiy manbalar asosida maʼlumot beradi.
Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:
• Hazrati Abu Bakr qanday shamoyilga ega boʻlganlar?
• Rasululloh hazrati Abu Bakrga qanday duo oʻrgatganlar?
• Rasulullohning soʻngi kunlarida jamoaga kim imom boʻlgan?
• Hazrati Umar qanday xulqqa ega boʻlganlar?
• Hazrati Umar oʻrnak boʻladigan qanday jihatlarga ega boʻlganlar?
• Hazrati Usmon qachon dunyoga kelgan?
• Hazrati Usmon haqida qanday oyati karimalar nozil boʻlgan?
• Hazrati Ali qachon Islomni qabul qilgan?
• Hazrati Ali haqidagi mashhur hadislar qaysilar?
• Jannatning toʻrt eshigidan chaqiriladigan zot kim?
Bu kitobdan quyidagilar haqida bilib olasiz:
• Abu Bakr roziyallohu anhu haqidagi hadislar;
• Hazrat Abu Bakrning shaxsiy hayoti;
• Madinaga hijratlari;
• Hazrati Abu Bakr Makkaning fath etilishida;
• Hazrati Abu Bakrning hajda amrlik qilishi;
• Hazrati Umarning islomga kirishi;
• Umarning Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bilan boʻlgan suhbati;
• Hazrati Umarning idoraviy tashkilotlar tizimi;
• Qurʼoni karimni oʻqish va hadisi shariflarni toʻplashda hazrati Umarning xizmati;
• Hazrati Umarning duolari;
• Hazrati Usmonning tugʻilishi va nasabi;
• Hazrati Usmonning Paygʻambar alayhissalomning qizlari Hazrati Ruqiya bilan turmushi;
• Usmon roziyallohu anhuning xalifa boʻlishi;
• Hazrati Alining tugʻilishi;
• Hazrati Alining qarindoshlari;
• Hazrati Alining olamshumul soʻzlari;
• Hazrati Ali va Qurʼon ilmi;
• Ali roziyallohu anhuning vasiyatlari;
• Islom tarixidagi urushlar va boshqalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Nashriyot uyi:
- Sharq
- Muqova:
- Qattiq
- Sahifalar soni:
- 411
- Hajmi:
- 17*24
- Vazn:
- 720gr
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami