Batafsil
Ikkinchi kitobda azaldan peshonasi sho'r bo'lgan Shaytonvachchaning hayoti nihoyatda chigallashib ketdi. Dumi, qulog'i kesilib zambarakka ko'yib otilgach, u gadoy topmas bir qishloqqa borib tushdi. Suvdagi aksini ko'rib, kapalagi uchdi. Negaki u endi shaytondan odamga aylanib qolgan edi-da. Shaytonvachcha men odam emasman, shaytonman deb rost gapirdi. Uni kalaka qilishdi, kaltaklashdi, gapiga ishonishmadi. Bor-e... deb Odamshayton bo'lib yashay boshladi. Natijada ko'z ko'rib, quloq eshitmagan voqealarni sodir qildi. Endi yana bir gap, kitobni farzandlar bilan birgalikda o'qib chiqishni maslahat berardik. Chunki, bolalarda kitob qahramonlarining xatti-harakatiga oid savollar tug'ilishi mumkin. Bunda Sizning dono maslahat va o'gitlaringiz judayam asqatadi. Ehtimol, ba'zi o'rinlarda bolalarni qizg'in bahsga chorlarsiz. Xullas, ularni to'g'ri yashashga, boshi berk ko'chalarga kirib ketmasliklariga ko'maklashgan bo'lasiz. Shunday qilib ushbuni ham o'qing va davomini kuting...
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Nashriyot uyi:
- Sharq
- Muqova:
- Qattiq
- Sahifalar soni:
- 381
- Hajmi:
- 13*20
- Vazn:
- 400gr
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami