Psixologik urush
Psixologik urush

Psixologik urush

Kategoriya: Badiiy bo'lmagan, Badiiy bo'lmagan, Qamar bestsellerlari, Shaxsiy o'sish
Muallif: Nevzat Tarxan
Og‘irligi: 0.319 kg
Notalar: O'zbekcha (kirill)
68,000 so‘m
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Psixologik urush

Psixologik urush

68,000 so‘m

Tafsilot

Psixologik urushda jamiyatning ruhiyati va ongi mo‘ljalgaolinadi. Professor Nevzat Tarxan "Psixologik urush" kitobida bu uslublarning odamlar va jamiyatga ta’sirini yoritgan. Tarixda jang uslublari haqida ilk kitob yozgan xitoylik Szyan Szi asarining katta qismida raqibni psixologik sindirishga e’tibor qaratadi. Psixologik urush usullari harbiy strategiya va taktikalarning eng muhimlaridandir. Muayyan maqsadga yo‘naltirilgan, uzoq muddatli reja va strategiyalar asosida olib boriladigan psixologik urush ham qurolli, ham sovuq urush davrlarida eng ko‘p qo'llangan kurash usullaridan bo‘lgan. Professor Nevzat Tarxan mazkur kitobida tor harbiy doirada ishlatiluvchi bu atamani kundalik xayotimizda qanday qo'llanayotganini Turkiya va dunyodan misollar asosida tarixdan hozirgi kungacha bo'lgan jarayonni chuqur tahlil qiladi. Kitobda odatiy psixologik urush ma'lumotlaridan tashqari axborot jangi, elektromagnit urush, ong nazorati, propaganda usullari va kompyuter inqilobi, internet xujumi, tarixiy ma'lumotlar, xudkushlikka moyillikning ortishi, ommaviy va kelgindi madaniyatlar ta'siri, buyin-sunish madaniyatidan demokratik jarayonlarga o'tish, psixologik urushda ro'l o'ynayotganlarning ruhiy holati tahlillari, inson ruhiyati qanday qilib ta'sir ostiga olinishi kabi mavzular yoritilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot

Nashriyot
Tahlil
Og‘irligi
0.319 kg
Muqova turi
Yumshoq
O'lchamlari
21x14x2 sm
Sahifalar
352 bet

Qamar do'konlarining manzillari

Shayxontohur tumani, 42A Navoiy shoh ko'chasi. Chorsudagi sobiq GUM ro'parasida.

MARSHRUT CHIZISH
×