Oltin silsila Sahihi Muslim - 6

Kategoriya: Eng ko'p sotilgan
108,000 som
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Oltin silsila Sahihi Muslim - 6

Oltin silsila Sahihi Muslim - 6

108,000 som

Batafsil

Oltin Silsila Sahihi Muslim 6

Kitob nima haqida?

“Sahihi Muslim” kitobining uchinchi qismi 11 ta boʻlimni oʻz ichiga oladi. Ular quyidagi mavzulardan iborat: yaxshilik, silai rahm va odoblar kitobi; qadar kitobi; ilm kitobi; zikr, duo, tavba va istigʻfor kitobi; raqoiqlar kitobi; tavba kitobi; munofiqlarning sifatlari va ularning hukmi, qiyomat, jannat va doʻzaxning sifatlari kitobi; jannat hamda uning neʼmatlari va ahlining sifatlari kitobi; fitnalar va qiyomat alomatlari kitobi; zuhd va raqoiq kitobi; tafsir kitobi. Ushbu kitobni oʻqir ekansiz, u orqali yuqoridagi mavzular yuzasidan keltirilgan sahih hadislar bilan tanishib, maʼlumotga ega boʻlasiz. Kitobda hadislar dastlab arab tilida berilgan va soʻngida sharhi ham keltirilgan.

Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:

• Sharʼiy uzrsiz necha kundan ortiq arazlashish harom?
• Alloh uchun yaxshi koʻrishning fazli qanday?
• Gʻazab nima bilan ketadi?
• Yoʻldan ozor beradigan narsani olib tashlashning fazli qanday?
• Qiz farzandlarga yaxshilik qilishning fazli qanday?
• Uyqudan oldin nima deyiladi?
• Ayollar tufayli qanday fitnalar kelib chiqadi?
• Odam alayhissalom yaratilishi qanday boʻlgan?
• Otliq yuz yil yurib ham uning soyasidan oʻta olmaydigan jannatdagi daraxt qaysi?
• Ikki nafxa orasida qanday voqealar boʻladi?

Bu kitobdan quyidagilar haqida bilib olasiz:

• yaxshilik va gunohning tafsiri;
• adovat qilish va yuz koʻrmas boʻlishdan qaytarish;
• gʻiybatning harom qilingani;
• muloyimlikning fazli;
• chaqimchilikning haromligi;
• insonni Alloh taoloning rahmatidan noumid qilishdan qaytarish;
• Alloh bir bandani yaxshi koʻrsa, uni bandalariga ham mahbub qilib qoʻyadi;
• odamzodning ona qornida qanday yaratilishi;
• har bir narsa qadarga koʻra boʻladi;
• ashaddiy xusumatchi;
• Alloh taoloni zikriga undash;
• uqubatning bu dunyodayoq berilishi;
• gʻam-tashvish yetgandagi duo;
• tavbaga undash va bundan (tavbadan) xursand boʻlish;
• qayta tirilish va qiyomat kuni yerning qay ahvolda boʻlishi;
• oyning boʻlinishi;
• moʻmin yaxshiliklari uchun dunyoda ham, oxiratda ham mukofot olishi;
• jannat ahliga nozil boʻladigan rozilik;
• jannat ahli neʼmatlarining bardavomligi;
• hisob-kitobning haqligi;
• qiyomat qoyim boʻlishidan oldingi alomatlar;
• beva, miskin va yetimga yaxshilik qilish;
• esnashning makruhligi;
• ilmni yozib qoʻyishning hukmi va boshqalar.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

To'plamlar

Hadis kitoblar to‘plami

Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami

alternat

Yoz uchun iforlar to‘plami

Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami

alternat

Turk adabiyoti to‘plami

Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami

alternat