Oltin silsila Sahihi Muslim - 5

Kategoriya: Diniy-ma'rifiy adabiyot
95,000 som
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Oltin silsila Sahihi Muslim - 5

Oltin silsila Sahihi Muslim - 5

95,000 som

Batafsil

Oltin Silsila Sahihi Muslim 5

Kitob nima haqida?

“Sahihi Muslim” kitobining uchinchi qismi 14 ta boʻlimni oʻz ichiga oladi. Ular quyidagi mavzulardan iborat: qurbonliklar kitobi; ichimliklar kitobi; taomlar kitobi; libos va ziynat kitobi; salomlashish kitobi; odobga oid va boshqa lafzlar kitobi; sheʼr kitobi; tushlar kitobi; fazilatlar kitobi; sahobalar roziyallohu taolo anhumning fazilatlari. Ushbu kitobni oʻqir ekansiz, u orqali yuqoridagi mavzular yuzasidan keltirilgan sahih hadislar bilan tanishib, maʼlumotga ega boʻlasiz. Kitobda hadislar dastlab arab tilida berilgan va soʻngida sharhi ham keltirilgan.

Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:

• Xamr bilan davolash joizmi?
• Yeyish va ichishning qanday odoblari mavjud?
• Taom sohibi chaqirgan kishiga boshqalar ham ergashsa, mehmon nima qiladi?
• Madina xurmosi qanday fazllarga ega?
• Namat tutish joizmi?
• Ichish va boshqa ishlarda tilla yoki kumush idishdan foydalanish joizmi?
• Qanday ismlarni qoʻyish joiz emas?
• Salomga alik olish qanday amal?
• Narda oʻynash qanday amal?
• Tushida shayton oʻynashganini bilsa, nima qilish kerak?
• Kasalga ruqiya qilish qanday amal?
• Ogʻizdan dori quyib davolash joizmi?
• Sahobalar qanday fazilatlarga ega boʻlishgan?

Bu kitobdan quyidagilar haqida bilib olasiz:

• qurbonliklarni yeyish haqida;
• qurbonlik qilmoqchi boʻlgan odam zulhijjaning 10 kunligi kirganda tirnogʻini olishdan qaytarilgani;
• xamr bilan davolanish harom qilinganligi;
• achib ketmagan, xamrga aylanib qolmagan nabizning mubohligi;
• yeyish va ichish odoblari;
• oila uchun xurmo va shu kabi yeguliklarni jamlab qoʻyish;
• mehmonni ikrom qilish;
• kiyimlarga mahliyo boʻlib, kibrlanib yurishning harom qilingani;
• begona ayol bilan yolgʻiz qolish hamda uning oldiga kirish harom qilingani;
• duo qilayotgan ogʻriyotgan joyga qoʻlni qoʻyishning mustahabligi;
• vabo, tirya, kohinlik va shu kabilar;
• chumolini oʻldirishdan qaytarilganligi;
• mushk ishlatish;
• tushlarni taʼbir qilish;
• U zot sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga rahm-shafqatlari va ularni zararli narsalar;
• sahobalarning fazilatlari.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Muqova:
Qattiq
Sahifalar soni:
642
Hajmi:
17*25
Vazn:
1071

To'plamlar

Hadis kitoblar to‘plami

Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami

alternat

Yoz uchun iforlar to‘plami

Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami

alternat

Turk adabiyoti to‘plami

Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami

alternat