Oltin silsila Sahihi Muslim - 3

Kategoriya: Diniy-ma'rifiy adabiyot
99,000 som
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Oltin silsila Sahihi Muslim - 3

Oltin silsila Sahihi Muslim - 3

99,000 som

Batafsil

«Oltin silsila» Islom dinining ikkinchi asosiy manbasi bo'lmish mo'tabar hadis to'plamlarining o'zbekcha tarjimasidir. Siz unda Islom olamida eng mo'tabar sanalgan hadis kitoblari orqali oxir zamon Payg'ambari Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo'lgan hadislarning aksar va asosiy qismi bilan oshno bo'lasiz, ajdodlarimiz qoldirgan, asrlar osha asrab­avaylab kelingan bu buyuk ilmiy meros bilan yaqindan tanishasiz. Silsila o'z mavzusida O'zbekistonda ilk bor amalga oshirilayotgan ulkan ilmiy ish bo'lib, olamshumul ahamiyatga ega. Bunday yirik to'plam nafaqat o'zbek xalqi uchun, balki dunyo aholisining aksar qismi uchun katta bir yangilik hisoblanadi. Аna shu e'tibordan ushbu ilmiy harakat haqida dunyodagi yirik islomiy tashkilotlardan, ko'zga ko'ringan arboblardan, jumladan Butun dunyo musulmon ulamolari kengashi, Makkai mukarramadagi «Qur'on va sunnat bo'yicha ilmiy mo'jizalar hay'ati» bosh kotibi Аbdulloh Muslih, Muborak Masjidul Аqso imom xatibi doktor Yusuf Juma Saloma (Qudusi sharif), mashhur olim va xalqaro Islom tashkilotlari a'zosi shayx Muhammad Sa'id Ramazon Butiy (Suriya arab jumhuriyati), Islom fiqhi akademiyalari a'zosi, doktor Vahba Mustafo Zuhayliy (Suriya arab jumhuriyati), Islom fiqhi akademiyalari a'zosi, shayx qozi Muhammad Taqiy Usmoniy (Pokiston Islom jumhuriyati), Islom fiqhi akademiyalari a'zosi Misr diyori muftiysi doktor Аli Jum'a (Misr arab jumhuriyati) kabi ko'plab ulamolardan taqrizlar olindi.

Batafsil

Oltin Silsila Sahihi Muslim 3

Kitob nima haqida?

“Sahihi Muslim” kitobining uchinchi qismi 8 ta boʻlimni oʻz ichiga oladi. Ular quyidagi mavzulardan iborat: roʻza kitobi; eʼtikof kitobi; haj kitobi; nikoh kitobi; emizish kitobi; taloq kitobi; Liʼon kitobi; qul ozod qilish kitobi. Ushbu kitobni oʻqir ekansiz, u orqali yuqoridagi mavzular yuzasidan keltirilgan sahih hadislar bilan tanishib, maʼlumotga ega boʻlasiz. Kitobda hadislar dastlab arab tilida berilgan va soʻngida sharhi ham keltirilgan.

Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:

• Ramazon roʻzasi qachon vojib boʻladi?
• Roʻza tutish qachondan boshlanadi?
• Eʼtikof oʻtirmoqchi boʻlgan kishi eʼtikofga qachon kiradi?
• Haj yoki umraga ehrom bogʻlagan kishiga nimalar muboh, nimalar muboh emas?
• Ehromdagi kishi oʻlsa, nimalar qilinadi?
• Yoʻlda yaroqsiz boʻlib qolgan hadiy nima qilinadi?
• Haj, umra va Arafa qanday fazllarga ega?
• Ehromdagi kishining uylanishi qanday amal?
• Dunyoning eng yaxshi matohi nima?
• Uch taloq qilingan ayolga nafaqa beriladimi?
• Qulni ozod qilish qanday fazlga ega?

Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:

• Ramazon oyining fazli;
• roʻza tutish va saharlik qilish fazli;
• roʻzadorning tilini tiyishi haqida;
• Shaʼbonning oʻrtasida roʻza tutish;
• Ramazonning oxirgi oʻn kunligida eʼtikofga oʻtirish;
• Zulhijjaning oʻn kunidagi roʻza haqida;
• Haj va umraning miyqotlari haqida;
• ehromdagi kishiga ov haromligi;
• ehromdagi kishiga qon oldirish joizligi;
• ehromga kirishning koʻrinishlari;
• Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hajlari;
• tamattuʼning joizligi;
• tosh otiladigan mustahab vaqt;
• vidolashuv tavofi;
• ayol kishi hajga va boshqa safarlarga mahram bilan borishligi;
• Madinaning fazli;
• Madinada yashash va uning qiyinchiligiga sabr qilish;
• Madinaning oʻlat va Dajjol kirishidan saqlanganligi;
• nafsi talpingan va taʼminotini topgan kishiga uylanish mustahabligi;
• otaning sagʻira qizini turmushga berishi;
• mahr;
• choʻrisini ozod qilib, soʻng unga uylanish fazli;
• tugʻishganlik tufayli mahram boʻlganlar emikdoshlik tufayli ham mahram boʻlishi;
• besh marta emizish bilan mahramlik;
• uch taloq;
• niyat boʻlmasa, ayoliga ixtiyor berish taloq boʻlmasligining bayoni;
• qoʻldagi ulushini ozod qilgan kishi;
• qul ozod qilishning fazli;
• otani ozod qilishning fazli va boshqalar.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Nashriyot uyi:
Hilol Nashr
Muqova:
Qattiq
Sahifalar soni:
628
Hajmi:
17*25
Vazn:
1.80gr

To'plamlar

Hadis kitoblar to‘plami

Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami

alternat

Yoz uchun iforlar to‘plami

Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami

alternat

Turk adabiyoti to‘plami

Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami

alternat