Batafsil
Oila – saodat maskani
Kitob nima haqida?
Shayx Yusuf Xattor Muhammad qalamiga mansub ushbu “Oila – saodat maskani” hayotiy tavsiyalarida oila mavzusiga aloqador dinimiz koʻrsatmalari sodda va oʻquvchilarga tushunarli uslubda yoritildi. Ushbu kitob hozirgi kunda ajrimlarning ortib borishiga sabab boʻlayotgan, muqaddas dinimiz koʻrsatmalariga amal qilmasdan yashayotgan yoshlar uchun ayni muddaodir. Kitobda muvaffaqiyatli oila qurish asoslari, yaxshi muomala va sabr borasidagi maʼlumotlar bayon etilgan.
Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:
• Muvaffaqiyatli oila qurish uchun nimalarga eʼtibor berish lozim?
• Ijtimoiy tarmoqlarga begonalar bilan suhbat qilish toʻgʻrimi?
• Uzr soʻrashni kim boshlash kerak?
• Gʻazabni yengishning qanday usullari mavjud?
• Erkak va ayolning zimmasida qanday haqlar mavjud?
• Farzand tarbiyasi kimning vazifasi?
Bu kitobdan quyidagilar haqida bilib olasiz:
• yangi oilalar uchun tavsiyalar;
• yangi kelin-kuyovlarga nasihatlar;
• vafo;
• itoat;
• gʻazab;
• muruvvat va ehtirom, yaxshi muomala;
• oila siri;
• sabr;
• muhabbat;
• shirin soʻz;
• suhbat;
• qalb taskini;
• kechirim;
• farzand tarbiyasi va boshqalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Muqova:
- YUMSHOQ
- Sahifalar soni:
- 150
- Hajmi:
- 13*20
- Vazn:
- 143
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami