Nikoh axloqi

Kategoriya: Diniy-ma'rifiy adabiyot
28,000 som
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Nikoh axloqi

Nikoh axloqi

28,000 som

Batafsil

Nikoh axloqi

 

Kitob haqida qisqacha;

 

Oila degan tushuncha o'z ma'nosini yo'qotib borayotgan ayni davrda jamiyatimizdagi muammo va kamchiliklar ildizi qidirilsa, har qanday ziyrak inson anglay oladiki, oilalarimiz ma'rifat o'chog'i degan sharafli nomdan anchayin yiroqlashib ketdi...

Nikoh bu xayir-yaxshilik deydilar, biroq zamona zayli bilan nikoh ko'pchilik uchun o'ziga xos bir "front maydoniga" aylanib qolgandek...

"Muhtasham ahloq" kitobining "Nikoh ahloqi" bo'limida oila mustahkamligi yo'lida e'tiborga olish lozim bo'lgan ishlar go'zal tarzda yoritib berilgan. Nikohdan so'ng va yangi bir oila ostonasida ilk oylarda boshlanadigan sinov-imtixonlar, kelin-qaynona, kuyov-qaynona, qaynota munosabatlari, solih va soliha er-xotinlik masalalari yuzasidan atroflicha so'z yuritiladi. 

Ushbu kitob har qanday o'quvchiga nikoh vakolat emas, burch ekanligi, undan soyasiz kunda so'ralishini, Mehribon Robbimiz bu maqomni huzur va sakinat olishimiz uchun tuhfa etganini, biroq oilamiz huzur maskani yoki uning aksi bo'lishiga o'zimiz sababchi bo'lishimizni yana bir bor his ettira olishga ishonamiz!

 

Kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz;

 

• Oila qurishdan maqsad nima?;

• Nikoh o'zi nima?;

• Ba'zi olimlar nima uchun uylanmaydi?;

• Sunnatga muvofiq to'y qanday bo'lishi kerak?;

• Islom davrida ko'pxotinlik birday davom etadimi?;

• Turmush bu taqdirmi yoki tanlov?;

 

Kitobdan quyidagilarni bilib olishingiz mumkin;

 

• Qadri va Ma'suliyatlari jihatidan nikoh;

• Nikohda karomat, nikohsizlikda esa falokat bor;

• Nikohda rozilik;

• Uylanish niyatida qarashning o'lchovi;

• "Asri Saodat" misolida to'y;

• Dunyoning eng qimmatbaho xazinasi solih va soliha juftdir;

• Uch muhim hodisa;

• Ko'p xotinlik masalasi;

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Muqova:
Yumshoq
Sahifalar soni:
172
Hajmi:
13*20
Vazn:
243

To'plamlar

Hadis kitoblar to‘plami

Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami

alternat

Yoz uchun iforlar to‘plami

Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami

alternat

Turk adabiyoti to‘plami

Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami

alternat