Batafsil
Tajvid ilmi borasidagi qo'llanma kitoblarimizning saviyasi ham talabga binoan o'sib borishi lozim bo'lib qoldi. Bu ishga ham qo'l urildi. Ushbu ilm egalaridan ba'zilari bu savobli ishga o'z hissalarini qo'shishdi va qo'shishmoqda. Bu jarayon Alloh taoloning yordamida muvofaqiyatli ravishda davom etmoqda, tajvid ilmi Vatanimizda qaytadan kamoliga etmoqda. Ushbu asarning sohibasi diniy va Qur'oni Karimga oid ilmlardan xabardor oilada tug'ilib o'sdi. O'zimizda va chet ellarda etuk olimlardan dars olishga muvaffaq bo'ldi. Libiyada oliy o'quv yurtida o'qish davomida katta ustozlardan boshqa ilmlar qatori tajvid ilmidan ham oliy saviyadagi darslarni oldi va Qur'oni Karimni to'liq yod oldi. Keyinchalik Misrda katta qiroat Ustozlarida dars olib, Imom Osim qiroatining Hafs va Sho''ba rivoyatlari bo'yicha hamda Imom Nofe'qiroatining Varsh rivoyatlari bo'yicha ijoza va mukofot olish baxtiga muyassar bo'ldi. Shu bilan birga bir necha yillardan buyon Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus o'quv yurtida qizlarimizga dars berib kelmoqda. U kishining shogirdlari mahalliy va xalqaro Qur'oni Karim musobaqalarida muvofaqiyat ila qatnashib kelmoqdalar. Bir necha qizlarimiz ushbu qo'limizdagi kitob sohibasidan dars olib, Qur'oni Karimni ilmiy asosda to'liq yod oldilar va ilmiy ijoza ham olishga muyassar bo'ldilar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Nashriyot uyi:
- Hilol Nashr
- Muqova:
- Qattiq
- Sahifalar soni:
- 211
- Hajmi:
- 13*20
- Vazn:
- 300gr
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami