Batafsil
Islom dinining besh ruknidan uchinchisi bo?lmish zakot ibodati haqida kerakli ma?lumotlarni o?qib-o?rganish va bilish, ularga amal qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun zakot haqidagi bilimlarni keng tarqatishga hamisha ehtiyoj bo?lgan va bu borada juda ko?p kitoblar ta?lif qilingan. «Hadis va hayot» turkum kitoblarining sakkizinchi juzi ham aynan shu ruknga bag?ishlangan edi. Bugun esa muhtaram o?quvchilarimizga zakot haqida mufassal so?z yuritilgan ushbu kitobni taqdim etayotganimizdan behad mamnunmiz va ular ushbu kitobdan o?zlarini qiziqtirayotgan ko?pgina savollarga javob topadilar, degan umiddamiz. O?quvchilarimiz bu kitobdan zakotning farzligi, uning fazilati haqida, zakoti beriladigan va berilmaydigan mollar haqida, zakotga haqdorlar va zakotning to?g?ri bo?lish shartlari xususida batafsil ma?lumot oladilar. Shuningdek, mazkur «Mo?minning najoti» kitobida ko?pchilikni doimiy ravishda qiziqtirib keladigan masala – qaysi xildagi mollardan qay tarzda va qancha zakot chiqarilishi haqida ham so?z yuritiladi. Yana unda chorva hayvonlaridan olinadigan zakotlar va mazhablarning bu boradagi fikrlari haqida ham atroflicha so?z yuritiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Nashriyot uyi:
- Hilol Nashr
- Muqova:
- Yumshoq
- Sahifalar soni:
- 198
- Hajmi:
- 13*20
- Vazn:
- 200gr
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami