Batafsil
Аllomaning eng mashhur va eng yirik asari «Hidoya» to'rt jilddan iborat bo'lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy yechimiga bag'ishlangan. Birinchi jild 5 kitobdan iborat bo'lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro'za, zakot va haj)ga bag'ishlangan. Bu jild 47 bob va 37 fasldan iborat. Ikkinchi jildiga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo'qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Bu jild 60 bob, 36 fasldan tashkil topgan. Uchinchi jildida (14 kitob) oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o'tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo'lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo'lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg'a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo'lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o'rin olgan. Bu jildda 36 bob, 37 fasl bor. To'rtinchi jildida (76 kitob) esa shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog'dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so'yishadigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o'zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to'lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Bu jild 23 bob, 38 fasldan iborat.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Nashriyot uyi:
- Hilol Nashr
- Muqova:
- Qattiq
- Sahifalar soni:
- 589
- Hajmi:
- 18*25
- Vazn:
- 1000gr
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami