Batafsil
"E'tiqod durdonalari" kitobi diyorimizdagi o'rta maxsus Islom bilim yurtlarida "Aqoid" fanidan saboq berilayotgan "Bad'ul amoliy" asariga yozilgan sharh bo'lib, dastlab 2012 yilda nashr qilingan edi. Kitobning ushbu qayta ishlangan va to'ldirilgan ikkinchi nashrida o'quvchilarga yanada foydaliroq bo'lishi uchun matnlarning ma'nolar tarjimasi va lug'aviy izohlari hamda ayrim dolzarb e'tiqodiy masalalar batafsil bayon qilingan.
Batafsil
Eʼtiqod durdonalari
Kitob nima haqida?
Alloh taoloni tanishning asosi ham, U zotga ibodat qilishning asl mohiyati ham aqoid ilmida bayon qilinadi. Shu bois ham bu ilm, oliy va dinning asli hisoblanadi. Sirojiddin Oʻshiyning “Badʼul amoliy” asariga yozilgan sharh — “Eʼtiqod durdonalari” kitobida esa aqoid ilmi haqida batafsil soʻz boradi.
Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:
• Sogʻlom aqidaning moʻmin hayotidagi oʻrni qanday?
• Ilm va aqida oʻrtasida farq bormi?
• Aqoid ilmi nima sababdan kalom ilmi deb nomlandi?
Bu kitobdan quyidagilar haqida bilib olasiz:
• Islom shariatidagi asosiy ilmlar;
• aqoid ilmining tarixi;
• firqa va mazhablar;
• Tavhid bayoni;
• Alloh taoloning sifatlari;
• Qurʼoni Karimga iymon keltirish;
• jannat va doʻzaxning abadiyligi;
• paygʻambar va farishtalarga iymon keltirish;
• amal va iymon;
• rizq, qabr imtihoni, sirot haqida eʼtiqod;
• duo taʼsirlari va duo qilish odoblari;
• moʻmin bandaning doʻzaxda abadiy qolmasligi;
• jannat va doʻzaxning yaratib qoʻyilgani va boshqalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Nashriyot uyi:
- O'qituvchi
- Muqova:
- Qattiq
- Sahifalar soni:
- 534
- Hajmi:
- 17*24
- Vazn:
- 900gr
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami