Cho'l bo'risi

Cho'l bo'risi

Kategoriya: Jahon adabiyoti, Jahon adabiyoti, Romanlar
Muallif: Hermann Hesse
Og‘irligi: 0.304 kg
28,000 so‘m
Butun O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish mavjud!
Cho'l bo'risi

Cho'l bo'risi

28,000 so‘m

Tafsilot

Hermann Hesse (1877-1962) XX asr olmon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot sohasidagi xalqaro Nobel mukofoti sovrindori. Uning ko'plab roman, qissa, hikoyalari, she'rlari, siyosiy va adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ilk bor 1927-yilda bosilib chiqqan «Cho'l bo'risi» romani Hermann Hessega olamshumul shuhrat keltirgan teran psixologik asardir. "Cho'l boʻrisi"da o'z-o'zini tahlil qilish va hal etilmagan ma'naviy-ruhiy ziddiyatlarni yengish yo'lidagi sa'y harakatlar qalamga olinadi. Unda muallifning oldingi asarlarida ozmi-ko'pmi aks ettirilgan Ruhga murojaat etish uslubi o'zining yakuniy hamda to'laqonli ifodasini topgan. Yozuvchi Tomas Mann ushbu roman haqida shunday deb yozgan edi: "Cho'l bo'risi" eksperimental dadillikda "Uliss", "Faux Monnayeurs" singari asarlardan qolishmaydigan roman ekanligini aytib o'tirishga hojat bormikin? "Cho'l bo'risi" menga anchadan buyon ilk bor haqiqiy kitob mutolaasi ne ekanini qaytadan o'rgatgan asardir".

Qo‘shimcha ma’lumot

Nashriyot
Yangi asr avlodi
Og‘irligi
0.304 kg
O'lchamlari
21x14x2 sm
Sahifalar
256 bet

Qamar do'konlarining manzillari

Shayxontohur tumani, 42A Navoiy shoh ko'chasi. Chorsudagi sobiq GUM ro'parasida.

MARSHRUT CHIZISH
×