Batafsil
Ushbu kitobda aqiyda ilmiga bog?liq dolzarb mavzular keng yoritilgan. Shuningdek aqoid ilmining ko?zga ko?ringan imomlari va ularning bu sohada qilgan xizmatlari xaqida ma?lumotlar keltirilgandir.
Batafsil
Aqoid ilmi va unga bogʻliq masalalar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ushbu kitobi aqiyda ilmiga oid boʻlib, dastlab aqiyda haqida boshlangʻich maʼlumotlardan xabar beradi. Soʻngra bu ilmning kelib chiqish tarixiga nazar solish uchun aqiydaviy firqalanish va har bir aqiyda ilmini oʻrganuvchi kishi bilishi lozim boʻlgan xavorij, shiyʼa, mushabbiha, moʻtazila, jahmiya, qadariya, murjiaʼ kabi firqalar haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek, ilm kalom tanazzuli va bu tanazzulning sabablari toʻgʻrisida ham soʻz yuritilgan.
Bu kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:
• Aqiydaning maʼnosi nima?
• Aqoidning maskani qayer?
• Ashʼariylar va Moturidiylar orasida qanday farq bor?
• Insonda nima vositalar bilan ilm-maʼrifat hosil boʻladi?
• Tavhid nima?
• Musulmonni kofir deyishning hukmi qanday?
• Gunohi kabiralar nima-yu, gunohi sagʻiralar nima?
• Islomda nimalarga eʼtiqod qilinadi?
Bu kitobdan quyidagilar haqida bilib olasiz:
• aqoid ilmining maqsadi;
• ahli sunna val jamoa;
• falsafa va faylasuflar;
• botiniylar;
• aqiyda dalillari;
• vahdoniyat – yagonalik;
• yomonlik ham, yaxshilik ham Allohning taqdiri bilanligi;
• iymon keltirish vojib boʻlgan narsalar bayoni;
• nabiy va rasul orasidagi farq;
• namoz, roʻza, zakot, haj;
• qabr azobi toʻgʻrisida;
• jannat va doʻzaxning borligi;
• shafoatning turlari va boshqalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Nashriyot uyi:
- Hilol Nashr
- Muqova:
- Qattiq
- Sahifalar soni:
- 374
- Hajmi:
- 13*20
- Vazn:
- 360gr
To'plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami