Tafsilot
Eʼtiboringizga havola etilayotgan kitob muallifning avvalgi asarlari – «Temuriylar kutubxonasining siri», «Kechikkan qasos» kabilarning mantiqiy davomidir. Asar qahramonlari – Faxriddin va Sanjarbeklar o‘z xizmat vazifalarini ado etmoqqa kirishar ekanlar, bu gal ham ajabtovur voqealar, kutilmagan jumboq bilan yuzma-yuz keladilar.Kitobni dastavval qo‘liga olgan o‘quvchilar jinoyat ishining tarixiy voqealar, xususan, Amir Olimxon xazinasi bilan nechog‘lik bog‘liq ekani haqidagi jumboq qarshisida bir zum kalovlanib qoladi. Asar muallifining mahorati xuddi mana shu nuqtada bo‘y ko‘rsatadi.Kitobxon asar mutolaasi davomida yechimning tezroq yakun topishini qanchalik istamasin, muallif o‘sha jarayongacha o‘quvchini boshqa-boshqa jinoyatlar, boshqa-boshqa taqdirlar, boshqa-boshqa muammolar girdobiga tortaveradi.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Og‘irligi
- 0.25 kg
- Muqova turi
- Yumshoq
- O'lchamlari
- 20x13x2 sm
- Sahifalar
- 288 bet