Iqror

Iqror
34 000.00 UZS
Количество
шт

Yoshlar bilan bog‘liq muammolar hozirgi kunning eng muhim masalalari hisoblanadi, zero, ular har bir oilaning asosiy tashvishidir.

Afsuski, ayrim qora niyatli kimsalar o‘z maqsadlari yo‘lida g‘o‘r yoshlardan foydalanmoqda. Dunyoda ichkilikbozligu giyohvandlik, missionerligu dahriylik, buzg‘unchi g‘oyalaru turli qing‘ir ishlar - bularning bari yoshlarning qo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Qisqacha aytganda, jamiyat ham, oilalar ham yoshlar bilan bog‘liq muammolarga chora topish ilinjida ovorai sarson.

Iymonidan ayrilgan, taqdiridan xafa, hayotidan norozi, jamiyatga qarshi bosh ko‘targan yoshlarni qanday qilib yo‘lga solish va isloh etish masalasi tobora dolzarblik kasb etmoqda.

Qo‘lingizdagi asarda ana shunday yoshlardan birining hayoti haqida so‘z boradi.

Kitob keng ommaga mo‘ljallangan, unda qisqa va tushunarli jumlalardan iborat sodda til qo‘llanilgan. Matnning bezakdor bo‘lishiga emas, tushunarliroq bo‘lishiga eʼtibor qaratilgan.