Halol ochiq oydindir - Harom ochiq oydindir

Halol ochiq oydindir - Harom ochiq oydindir

Category: Diniy-ma'rifiy adabiyot, Diniy-ma’rifiy adabiyot, Hadis
Weight: 0.0 kg
28,000 so‘m
Delivery is available throughout Uzbekistan!
Halol ochiq oydindir - Harom ochiq oydindir

Halol ochiq oydindir - Harom ochiq oydindir

28,000 so‘m

Detail

Bandalariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Islomning ikkinchi masdari qilib bergan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin!Ummatlariga hadis nimaligini batafsil tushuntirib, undagi ta’limotlar qanday amalga oshirilishini ko‘rsatib bergan mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin!Dindoshlariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o‘rgatib, ularga amal qilishni osonlashtirib bergan muhaddislarimizga Alloh taoloning cheksiz rahmati bo‘lsin!Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan ruhiy tarbiya yo‘llarini topib, ularni mo‘min bandalar hayotiga tatbiq qilishni yo‘lga qo‘ygan mashoyixlarimizga Alloh taoloning mag‘firati bo‘lsin!Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan fiqhiy qoidalar chiqarib, mazkur qoidalar orqali ko‘plab masalalarni yechgan, musulmon bandalarga amal eshigini ochib bergan faqihlarimizni Alloh taolo O‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!Ammo ba’du: «Islomning madori bo‘lgan hadislar» degan umumiy nomdagi silsilamizning birinchi qismida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» degan hadislari xususida ojizona so‘z yuritdik. Endi mazkur silsilaning ikkinchi qismida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, halol ochiq-oydindir» degan hadisi shariflari haqida yana ojizona bahs qilish niyatidamiz. Bu ishni Alloh taoloning O‘zi bizga oson va ravon, fayz-barakotli hamda unumli va xayrli qilsin!Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

Additional information

Weight
0.0 kg
Size

Addresses of Qamar stores

Shaykhontohur district, 42A Navoiy Avenue. Opposite the former GUM in Chorsu.

ROUTE DRAWING
×